17:59 / 01.04.2019
4023

Xitoyda o‘rmon yong‘inini o‘chirish chog‘ida 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/China Daily

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, deb xabar berdi XXR yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.

Avvalroq 24 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. Halok bo‘lganlarning barchasi shanba kuni boshlangan yong‘inni o‘chirishda qatnashayotganlar bo‘lgan.  

Yong‘inga qarshi kurashishga 690ga yaqin kishi jalb etilgan bo‘lib, kuchli shamol sababli olov tezligi va yo‘nalishi o‘zgarganidan so‘ng 30 kishi bedarak yo‘qolgan. Ikki kunlik qidiruv ishlaridan so‘ng ularning barchasi halok bo‘lgan deb topilgan.

Olovni o‘chirish uchun kurash hali ham davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top