11:29 / 02.04.2019
4504

Duterte Filippinning biznes va boshqa mamlakatlar bilan barcha bitimlarini tekshirishni buyurdi

Foto: REUTERS / Dondi Tawatao

Filippin yetakchisi Rodrigo Duterte hukumat xususiy kompaniyalar va boshqa mamlakatlar bilan tuzgan barcha bitimlarni tekshirish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda Reuters prezident vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, prezident ularning qaysi biri «davlatga zarar sifatida» imzolanganini aniqlashtirishni xohlayapti.

Agentlikdan qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi vaqtda qancha miqdordagi shartnomalar tekshirilishi ma'lum emas.

Avvalroq, Duterte Filippin nomini o‘zgartirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manila Bulletin gazetasining yozishicha, Rodrigo Duterte mamlakat nomini "Maxarlika Respublikasi" deb atashni taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top