8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

18:41 / 02.04.2019 26911

Kun.uz bilan Bokudagi «Klassik avtomobillar ko‘rgazmasi»ga fotosayohat

Boku shahridagi Haydar Aliyev nomli madaniyat markazida klassik avtomobillar ko‘rgazmasi faoliyat ko‘rsatadi. Unda turli davrlarda ishlab chiqarilgan avtomobillar namoyish qilinadi.

Kun.uz muxbiri O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazi taklifiga ko‘ra, "Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona ko‘prik" mediaturi doirasida Bokuda bo‘lib, sizlarni ushbu klassik avtomobillar ko‘rgazmasi bilan tanishtirishga qaror qildi.

Ko‘rgazmada Germaniya, AQSh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarni ko‘rish mumkin.

Ekspozitsiya keng eksponatlar kolleksiyasini o‘zida jamlagan bo‘lib, unda avtomobillardan tashqari ularning aksessuarlari, yo‘l belgilari hamda ular haqidagi nashrlar ham saqlanadi. Sayyohlar nafaqat avtomobillarni ishlab chiqarish va avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish tarixi bilan tanishishadi, balki arxiv materiallardan tayyorlangan videorolikni ham tomosha qilishadi.

"Klassik avtomobillar ko‘rgazmasi" 2015 yilning 23 fevral kuni ochilgan bo‘lib, unda Haydar Aliyev fondi nomidan Leyla Aliyeva qatnashgan.

Ozarboyjon Avtomobil federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada XIX asr oxiridan boshlab ishlab chiqarilgan va shu kunlargacha yetib kelgan mashinalar namoyish etilgan. Shuningdek, u yerda bugungi kunda ishlab chiqarishi to‘xtatilgan, lekin hanuz avtoservislar qiziqishiga sazovor bo‘luvchi avtomobillar ham talaygina.

Ko‘rgazma oldidan Ozarboyjon Avtomobil federatsiyasining avtomobillar tarixiga bag‘ishlangan "To‘rt g‘ildirakli tarix" kitobi nashrdan chiqqan.

Ta'kidlash joizki, 2017 yilning 26 avgustida Boku ko‘chalarida ko‘rgazma eksponatlari ishtirokida Klassik avtomobillar paradi tashkillashtirildi va bu mahalliy aholi o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi.

Avtoparadda 1980 yilga qadar ishlab chiqarilgan 150 dan ortiq klassik avtomobil ishtirok etgan.

"Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi", deganlaridek, Kun.uz fotojamlanmasini tomosha qilib zavqlaning!

Top