07:33 / 02.04.2019
5968
NASA Hindistonning fazodagi xatti-harakatlari koinot stansiyasiga xavf solishidan ogohlantirdi 
Foto: NASA

NASA rahbari Jim Braydenstayn Hindistonning sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi sinovlaridan xavotir bildirdi. Uning fikricha, bu sinovlar Xalqaro koinot stansiyasiga xavf soladi.

27 mart kuni Hindiston harbiylari 300 kmlik orbitada joylashgan sun'iy yo‘ldoshni raketa yordamida urib tushirishgan. Shundan keyin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatini “koinot davlati” deb e'lon qilgan. 

Braydenstaynning tushuntirishicha, Hindiston tomonidan sun'iy yo‘ldosh yo‘q qilingandan keyin orbitada koinot chiqindisining 400 ga yaqin bo‘lagi paydo bo‘lgan. Bu bo‘laklar boshqariluvchi parvozlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Shu sababli Braydenstayn Hindistonning bunday harakatlarini “nomaqbul” deb atagan.

Top