20:00 / 03.04.2019
9040

AQSh kongressiga Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi kiritildi

Foto: RIA Novosti

AQSh kongressiga Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi kiritildi. Unda Rossiyadagi eng yirik to‘rtta bankdan ikkitasining aktivlarini bloklash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hujjatda Rossiya suveren qarzlari bilan bog‘liq shartnomalarni va energetika sektoriga har qanday investitsiya kiritishni taqiqlash taklif qilingan.

Mazkur cheklovlarni Moskva "qatorasiga ikki marta Amerika saylovlariga aralashguniga qadar" tasdiqlashga kiritish taklif etilmoqda.

Avvalroq Avstriya tashqi ishlar vaziri Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari tafsilotlari haqida ma'lum qilgandi.

Top