08:38 / 03.04.2019
6749

«Toshshahartransxizmat»: ikkita yo‘nalishga yangi avtobuslar qo‘yildi

Foto: Toshshahartransxizmat

“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtobus saroylari tasarrufidagi yo‘nalishlarga yangi avtobuslarni biriktirish, harakat tarkibini yangilashda avvalo yo‘lovchilar oqimi, transportga bo‘lgan talab hisobga olinmoqda, deyiladi AJ xabarida.
 
Qayd etilishicha, so‘nggi keltirilgan katta sig‘imli “MAN” rusumli avtobuslarning yana 5 tasi 93-“Qo‘yliq-1 mavzesi – Yunusobod 9 mavze” yo‘nalishiga qo‘yildi. 14 harakat jadvali bilan yo‘nalish avtobus bilan to‘liq ta'minlandi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar qariyb 80 foizga yangilandi.

Bundan tashqari, 67-“Yunusobod 19 mavze – Xalqaro aeroport” yo‘nalishiga eski "Isuzu" rusumli avtobuslar o‘rniga 8ta jadval asosida o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar  biriktirildi.

Avtobuslar bugun, 3 apreldan yo‘lovchilarga xizmat qila boshladi.

Top