08:34 / 04.04.2019
4432

A Seriya. «Napoli» autsayderga yutqazdi, «Inter»da yirik g‘alaba

Foto: Getty Images /Gabriele Maltint

Italiya A Seriyasida 30-turga kelib, peshqadam «Yuventus» va «Napoli» o‘rtasidagi farq yana uch ochkoga ortdi.

Neapol klubi so‘nggi o‘rinlarda borayotgan «Empoli» maydoniga safar qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Turinliklar esa bir kun oldin «Kalyari»dan g‘alaba bilan qaytishgandi. Natijada finishga sakkizta tur qolganda «Yuve» eng yaqin ta'qibchisidan 18 ochkoga ilgarilab ketdi.

Chorshanba kuni Rimning ikki klubi «Roma» va «Latsio» ham ochko yo‘qotdi. «Bo‘rilar» o‘z uylarida «Fiorentina» bilan durang o‘ynashdi – 2:2. «Latsio» esa safarda SPALga yengildi – 0:1. Endilikda jadvalning 5-8-o‘rinlaridagi to‘rt jamoa – ular qatorida «Roma» va «Latsio» ham bor – hisobida 48tadan ochko mavjud.

Milanning «Inter» klubi esa «Jyenoa» maydonida 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu bahsda deyarli ikki oy o‘yinlarda qatnashmagan hujumchi Mauro Ikardi «neradzurri»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 40-daqiqada penaltidan gol urdi. Eslatib o‘tamiz, 3-o‘rindagi «Inter»ning eng yaqin ta'qibchisi – «Milan» bir kun oldin o‘z uyida «Udineze» bilan durang o‘ynagandi – 1:1.

Italiya chempionati
30-tur, 3 aprel
Empoli – Napoli 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Farias, 1:1 – 44 Zelinski, 2:1 – 52 Di Lorenso.
Napoli – Meret, Malkyui (Verdi, 76), Kulibali, Luperto, Mariu Ruy, Allan, Zelinski, Kalexon, Una (Mertens, 57), Yunes (Fabian Ruis, 58), Milik.

Roma – Fiorentina 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 12 Petsselya, 1:1 – 14 Dzanolo, 1:2 – 51 Jyerson, 2:2 – 57 Perotti.
Roma – Mirante, Santon (Karsdorp, 68), Fasio, Jyezus, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Klyuyvert (Pellegrini, 58), Dzanolo (Under, 75), Perotti, Jyeko.

Frozinone – Parma 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Pinamonti, 1:1 – 18 Barilla, 2:1 – 45 Valsania, 2:2 – 58, penalti Cheravolo, 3:2 – 90, penalti Chiofani.

SPAL – Latsio 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89, penalti Petanya.

Jyenoa – Inter 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 15 Galyardini, 0:2 – 40, penalti Ikardi, 0:3 – 54 Perishich, 0:4 – 80 Galyardini.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda, Shkrinyar, Asamoa, Galyardini, Brozovich (Joau Mariu, 66), Politano (Valero, 74), Nainggolan, Perishich, Ikardi (Keyta Balde, 80).
Chetlatish: Romero (39, Jyenoa).

Torino – Sampdoriya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Belotti, 2:0 – 45 Belotti, 2:1 – 83 Gabbyadini.

2 aprel
Milan – Udineze 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 44 Piontek, 1:1 – 64 Lazanya.

Kalyari – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Bonuchchi, 0:2 – 85 Kin.

4 aprel
22:00. Sassuolo – Kevo
23:59.Atalanta – Bolonya

Mavzuga oid
Top