8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

12:58 / 04.04.2019 11115

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tmagan. U AQShga tiklanish jarayoni uchun ketgan

Foto: AFP/ YURI CORTEZ

Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tdi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Bu boradagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan bog‘landi. Murabbiy Bektemir professional boksga o‘tmayotganini ta'kidladi.

«Bektemir AQShga professional boksga o‘tish uchun ketgani yo‘q. U belidagi jarohati sabab 6 oy shug‘ullana olmadi. Bu orada biroz vazni ham og‘irlashdi. Shu sabab Kaliforniyaga tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun ketdi. Bektemir u yerda 5-6 oy tiklanish jarayonida qatnashadi va Olimpiada saralashiga tayyorlanadi».

Bektemir 3 aprel kuni AQShga jo‘nab ketgan. Bokschi Kaliforniyada sparring janglarida qatnashadi va o‘zining yuqori formasiga qaytish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Meliqo‘ziyevning senyatbrda o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashishi aniq emas, lekin u Tokio Olimpiadasi saralashida qatnashadi.

Top