8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

07:57 / 04.04.2019 20170

Bosh prokuratura: 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Foto: Depositphotos

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda «Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top