10:50 / 04.04.2019
6440

Facebook’dan katta ko‘lamdagi ma'lumotlar sizib chiqib ketdi  

Foto: REUTERS

Facebook ijtimoiy tarmog‘i navbatdagi marta millionlab foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarning sizib chiqishiga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda UpGuard kompaniyasi xabar berdi. 

Internetdagi xatarlarni tadqiq qiluvchi kompaniya direktori Kris Vikeri Facebook ma'murlari va dasturchilarini dangasalik yoki ayyorlik qilishda aybladi, ular shu sababli ma'lumotlarni sir saqlay olishmagan.

Ta'kidlanishicha, foydalanuvchilar haqida ma'lumotlar boshqa platformalar va bulutli saqlagichlarda, jumladan Meksikaning Cultura Colectiva raqamli platformasida paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, hozirda mavjud bo‘lmagan At the Pool dasturida ismlar, parollar, elektron pochta manzillari va boshqa ma'lumotlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top