09:17 / 04.04.2019
4095

Germaniya kubogi. «Bavariya»-«Haydenhaym» – 5:4 va boshqa natijalar

Foto: Getty Images

3 aprel oqshomida Germaniya kubogining chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning amaldagi finalchisi «Bavariya» va ikkinchi divizion vakili «Haydenhaym» o‘rtasida «Alyans-Arena»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv gollarga boy tarzda o‘tdi – 5:4. Unda 13-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan maydon egalarining qo‘li baland keldi. Bosqich doirasidagi qolgan uchta o‘yin mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. «Verder» «Shalke» maydonida, «Hamburg» esa «Paderborn»ga qarshi mehmondagi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Leypsig» esa «Augsburg» maydonidagi o‘yinning 94-daqiqasida hisobni tenglashtirdi, overtaymlarda ham qo‘shib berilgan daqiqada (120+1) penaltidan gol urib, yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finalga 7 aprelda qur'a tashlanadi. Bosqich o‘yinlari 2-3 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Kubok sohibi 25 may kuni Berlindagi «Olimpiya» stadionida aniqlanadi.

Germaniya kubogi
1/4 final, 3 aprel
Bavariya – Haydenhaym 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 1:0 – 12 Goretska, 1:1 – 26 Glatsel, 1:2 – 39 Shnatterer, 2:2 – 53 Myuller, 3:2 – 56 Levandovski, 4:2 – 65 Gnabri, 4:3 – 74 Glatsel, 4:4 – 77, penalti Glatsel, 5:4 – 84, penalti Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Rafinya (Koman, 46), Kimmix, Xummels, Alkantara, Goretska, Xames, Gnabri, Riberi (Boateng, 24), Myuller
Chetlatish: Zyule (13, Bavariya).

Shalke – Verder 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 65 Rashitsa, 0:2 – 72 Klassen.
Chetlatish: Shahin (90, Verver).

Paderborn – Hamburg 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Lasogga, 0:2 – 68 Lasogga.

Augsburg – RB Leypsig 1:2 (0:0, 1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 74 Verner, 1:1 – 90+4 Finnbogason, 1:2 – 120+1, penalti Halstenberg.

Top