23:39 / 04.04.2019
3483

Jizzax shahrida uy-joy kommunal xo‘jaligiga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda

Foto: LBMA matbuot xizmati

Jizzax viloyatining “Ilg‘or hudud” pilot loyihasini amalga oshirish ofisida “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi vakillarining O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA), Jizzax shahar hokimligi, shahar kommunal xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Jizzax shahrining “Zargarlik” MFYda joylashgan 4 uyda “Aqlli shahar” loyihasining amalga oshirilishi muhokama etildi. “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi bilan hamkorlik 2019 yilning 7 mart kuni LBMA bilan tuzilgan O‘zaro anglashuv memorandumida ko‘zda tutilgan, deyiladi LBMA matbuot xizmatida.

Loyiha doirasida Jizzax shahridagi mikrorayonlarning birida «Umnogor» raqamli platforma asosida shahar mulkini boshqarish uchun bir necha axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini va “Internet-buyumlar”ni o‘zaro bog‘lash ko‘zda tutilgan.

“Aqlli shahar” platformasining amalga oshirilishi 5 asosiy blokdan iborat:

1. Uylar va xonadonlar hisoblagichlarining ma'lumotlarini yig‘ish, uzatish va hisobga olishni o‘zida mujassamlashtirgan resurslarni hisobga olish tizimini yaratish. Bu resurs tarmoqlardagi real yo‘qotishlarini aniqlash va haqiqatda iste'mol qilingan resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

2. Avariya holatiga nisbatan tezkor choralar ko‘rish vaqtini qisqartirish va har bir murojaatning bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini beradigan yagona dispetcherlik xizmatini joriy etish;

3. Shahar kommunal xo‘jaligining real ma'lumotlarini tahlil qilish va asoslangan, shu jumladan rejalashtirilgan tadbirlarni “sun'iy intellekt” asosida tahlil qilishdan foydalangan holda qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradigan kommunal xo‘jaligining elektron modelini yaratish.

4. Qurilish loyihalarini kelishish, nazorat qilish va kuzatib borish, qo‘l mehnatining hajmini kamaytirish maqsadida qurilishlarni raqamli boshqarish.

5. Me'yordan ortiqcha yo‘qotishlarni va noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash maqsadida issiqlik tarmoqlarini uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda tekshirish.

Loyiha O‘zbekiston hududida yagona bo‘lib, keyinchalik Jizzax shahri va respublikaning boshqa tumanlarida zamonaviy raqamli texnologik tizimlarini o‘rnatish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha doirasida foydalaniladigan raqamli va qurilish texnologiyalari (transheyasiz tiklash) muxandislik tarmoqlarini kapital ta'mirlash ishlariga ketadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va ulardan foydalanish muddatlarini sezilarli uzaytirish imkonini beradi.

Mavzuga oid
Top