18:40 / 04.04.2019
53436

«Malika» yaqinida YPX mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi - video

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining «Malika» savdo majmuasi oldidan o‘tuvchi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur ko‘chasi bilan kesishmasi chorrahasida birvarakayiga uch yengil avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, mazkur hodisa 4 aprel kuni kunduzi soat 12:50 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Ushbu hodisaning farqli jihatlaridan biri shundaki, Chevrolet Spark, BMW 3 series (e30) avtomashinalari o‘rtasiga Yo‘l patrul xizmatining Chevrolet Lacetti rusumli, ajratuvchi chiroq va belgilarga ega avtomobili tushib qolgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasidan hech kim jiddiy jabrlanmagan. Faqat avtomashinalarga jiddiy shikast yetgan.

Shuningdek, chorrahada birmuncha tirbandlik yuzaga kelgan.

Mavzuga oid
Top