21:14 / 04.04.2019
23068

Marshal Haftar o‘z qo‘shinlariga Liviya poytaxtiga hujum qilishga buyruq berdi

Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Haftar o‘z qo‘shinlariga "terrorchilardan ozod qilish uchun" Tripoliga hujum qilishga buyruq berdi. Bu haqda "Al-Arabiya al-Hadas" telekanali xabar berdi.

Avvalroq Liviya poytaxtini nazorat qilib turgan milliy kelishuv hukumati sharqiy kuchlarning g‘arbga harakati haqidagi bayonotidan so‘ng umumiy harbiy tayyorgarlik e'lon qilgandi.

2011 yilda Muammar Qazzofiy o‘ldirilganidan so‘ng Liviyada siyosiy inqiroz boshlandi. Hozirda mamlakatda qo‘shhokimiyat hukmronlik qilmoqda. Sharqda parlament, poytaxt Tripolida esa BMT va Yevroittifoq qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etilgan hukumat hokimiyat tepasida.

Mavzu
Liviyada fuqarolar urushi
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar boshchiligidagi qo‘shinlar poytaxt Tripolini qamal qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top