11:40 / 04.04.2019
11360

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun shaxsiy gigiyena jamlanmasi ishlab chiqarildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida harbiy xizmatchilarning o‘quv-jangovar faoliyati hamda ijtimoiy-xo‘jalik sharoitini yaxshilash yo‘lida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligi moddiy-texnik ta'minot bosh boshqarmasi hamda Harbiy sadvo boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilar uchun «O‘ZBEKISTON QUROLLI KUChLARI» shaxsiy gigiyena vositalari o‘rin olgan sumkalarini ishlab chiqarish boshlandi.

Mazkur sumkalar harbiy xizmatchilarning muntazam dala mashg‘ulotlariga hamda jangovar xizmat faoliyatiga bog‘liq boshqa tadbirlarga chiqib ketishini, shuningdek, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun zamonaviy ijtimoiy-xo‘jalik sharoitlarini yaratish kabi maqsadlarni inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiy xizmatchilar uchun doimo kerakli bo‘ladigan 18 turdagi shaxsiy gigiyena vositalarini o‘zida jamlagan ushbu ixcham sumkalarni Mudofaa vazirligi Harbiy savdo boshqarmasi tomonidan ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish hamda joylardagi harbiy savdo do‘konlari orqali shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilayotgan oddiy askarlarga viloyat harbiy-ma'muriy sektorlari tomonidan tarqatish ko‘zda tutilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top