11:22 / 06.04.2019
32816

Dehli aeroportida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Foto: Pinterest

Hindistondagi Dehli aeroportida pasport nazorati xodimlari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolni qo‘lga olishdi.

Times of India xabariga ko‘ra, ayol alohida qo‘riqlanadigan obektga kirishda soxta haydovchilik guvohnomasidan foydalangan.

Mahkamadan qo‘shimcha qilinishicha, ayol Indira Gandi nomidagi aeroportning terminalida qo‘lga olingan va boshqa ikki nafar erkak bilan birga Haydarobodga uchishi kerak bo‘lgan.

Ayolda Gurgaon (Hindistonning Xaryana shtatidagi shahar)da Kumush Xon nomiga berilgan soxta haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan. Huquqbuzar hibsga olingani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top