14:49 / 06.04.2019
11235

IIV: yomg‘ir oqibatlari bartaraf etildi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 5 aprel kuni respublikaning ba'zi viloyatlari hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.

Ushbu holat Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida ariqlarga shox-shabbalar yig‘ilib qolishi natijasida ariqlardagi suvlar toshib, yo‘llarga chiqqan va bir qator mahallalardagi xonadonlar ichiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tezlik bilan ishchi guruh tuzilib, ushbu vaziyat bartaraf etilgan. 

Holat yuzasidan jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Xatirchida kuchli sel kuzatilgani xabar berilgandi.

Top