13:00 / 06.04.2019
23739

Lab bo‘yog‘i, quloqchin va popkorn: do‘stlar bilan yana nimalarni baham ko‘rmaslik kerak

Hamkasbning telefonidan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroq ichak infeksiyasiga olib kelishi mumkin.

Ko‘pchilik do‘sti bilan taroq yoki lab bo‘yog‘ini bo‘lishishi, turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilish uchun telefonini berish yoki kinoteatrda butun kompaniya uchun popkornni katta idishda xarid qilishning salbiy jihatlarini ko‘rmaydi. Nima uchun bunday qilmaslik kerakligi haqida hikoya qilamiz.

  1. Pardoz vositasi

Tush, upa, lab bo‘yog‘i va krem – bularning barchasi shaxsiy bo‘lishi kerak. Har bir odamning terisidagi mikroorganizmlar tarkibi individual va immun tizimingiz barcha mikroblar – mikrobiomlarga ko‘nikkan.

Agar pardoz uchun vositalardan foydalanish uchun ularni o‘zga kishiga bersangiz, teringizdagi bakteriya va viruslar ushbu vositalar bilan birga o‘tadi. Krem bankasi yoki lab bo‘yog‘i idishidagi issiq va nam muhitda ular ko‘chishni uzoq vaqt kutib yotishlari mumkin. Yangi xo‘jayinning immuniteti esa sizniki kabi kuchli bo‘lmaslik ehtimoli bor.

Tush yoki boshqa vositalar bilan birga dugonangizga kon'yunktivit yoki toshmalar, ba'zida hatto qizamiq chaqiruvchi bakteriyalar, gerpes va gripp viruslarini o‘tkazishingiz mumkin.

Foto: Pixabay
  1. Quloqchinlar

Quloqning ichiga kiradigan quloqchinlardan foydalansangiz, ularni do‘stingizga bermang. Vaqt o‘tishi bilan aksessuarda oltingugurt to‘planadi, unda stafilokokklar yoki yiringli tayoqchalar kabi turli mikroblar yashashni yoqtiradi. Musiqa va audiokitoblarni qancha ko‘p tinglasangiz, mikroorganizmlar ko‘payishi uchun shuncha imkoniyat yaratiladi.

Infeksiyani berish o‘rniga do‘stingizga video va audio yozuv havolasini yuboring. Hech bo‘lmaganda quloqchinni antibakterial yoki spirtli salfetka bilan arting. Bu yuqish ehtimolini kamaytiradi. Biroq uni yuz foiz yo‘q qilmaydi.

  1. Oziq-ovqat mahsulotlari

Bir necha kishi bir idishdan popkorn yegan vaqtingizda unga so‘lak parchalari bilan odam og‘iz bo‘shlig‘idagi mingdan ortiq mikroblar bevosita yoki qo‘lingizdan tushadi. Ulardan kinoteatr kreslolari tutqichlari va siz ushlagan boshqa buyumlardagi mikroorganizmlar tushadi.

Agar qahvaxonada turmush o‘rtog‘ingizning ovqatidan tatib ko‘rsangiz, o‘zingizni xavfga qo‘yasiz. Klemson universiteti professori Pol Douson va Shimoliy Karolina universiteti professori Brayan Sheldon har bir qoshiq bilan likopga 10 mingta mikrob sho‘ng‘ishini hisoblashgan.

Bu gripp viruslari yoki ichak tayoqchasi, shuningdek faringit chaqiradigan streptokokklar bo‘lishi mumkin. Agar sho‘rva juda qaynoq bo‘lsa, xavf kamayadi: mikroorganizmlarning juda kam qismi 50 darajadan ortiq haroratni ko‘tarolmaydi.

Foto: Pixabay
  1. Ichimliklar

Yoz kunida ikki kishiga nima uchun alohida butilkadan suv xarid qilish kerak, bitta kattasini olgan ma'qul deb hisoblarsiz? Afsuski, ovqatlar bilan bo‘lgani kabi mikroblar «jim turmaydi». Suv bilan birga organizmingizga streptokokk, meningokokklar, tepki yoki gerpes virusi yoki boshqa patogenlar kelib tushadi.

  1. Xo‘jalik vositalari

Pol yoki gaz plitasini yuvayotganda qo‘lqop kiyasizmi? Uni yechgach qo‘llaringizni yuvasizmi? Albatta shunday qilish lozim.

Birinchidan, qo‘lqop ichida mikroblar uchun qulay issiq va nam muhit yaratiladi. Ikkinchidan, yuvish vaqtida sanuzelning tashqi tomonida jami 75 mingdan ortiq mikroorganizmlar - salmonella, shigella, norovirus va boshqalar paydo bo‘ladi. Qo‘lqoplardan keyin qo‘llarni yuvmaslik ularni o‘zingiz istamagan joylarga olib o‘tish ehtimolini oshiradi. Sanuzel va oshxona uchun turli qo‘lqopga ega bo‘lish eng maqbul yechim.

Oshxona va yuvinish sochiqlari bilan ham xuddi shunday. U har bir kishida shaxsiy bo‘lgani maqbul. Aks holda,  teri toshmalari, kon'yunktivit va terining bakterial infeksiyalari xavfini oshiradi. Oilaning har bir a'zosi uchun qo‘l, yuz va tana uchun individual sochiqlar muammoni hal qiladi. Adashib ketmaslik uchun turli rangdagi aksessuarlarni sotib olish mumkin.

  1. Shaxsiy gigiyena vositalari

Birinchidan, bu albatta tish cho‘tkasi. Og‘iz bo‘shlig‘ining mikrobiomi xilma-xil. U ovqat hazm qilish tizimiga tushishi hisobga olinadigan bo‘lsa, begona xilma-xillikning yoqimli jihati yo‘q.

Begonaning cho‘tkasidan foydalanish sizni masalan streptokokk yoki noroviruslar bilan «mukofotlashi» mumkin. Sinchkovlik bilan yuvish yordam bermaydi, chunki barcha mikroorganizmlarni yuvib tashlashning iloji yo‘q.

Ikkinchidan, taroq: agar u yuvilmasa va dezinfeksiya qilinmasa, bakteriyalarga bir boshdan ikkinchisiga o‘tishda yordam berilgan bo‘ladi. Bakteriyalarning o‘zi bo‘lsa mayli, parazitlar ham yangi o‘lkalarni kashf etishga qarshilik qilmaydi. Natijada pedikulyoz va follikulit paydo bo‘lishi mumkin.

Mochalka tanangiz bilan bevosita aloqa qiladi va kamdan-kam hollarda yaxshilab quritiladi. Barcha odamga xos bakteriyalar ko‘payishda davom etadi va agar undan boshqa birov foydalansa, uning terisiga ham o‘tadi va tirnoqlarning zamburug‘li kasalliklari sababiga aylanadi.

Yana bir muhim buyum – ustara. U terini shikastlantirishi, demak, begona mikroblar, jumladan, gepatit va OIV virusiga yo‘l ochishi mumkin. Bundan tashqari, ustara tuklar bilan birga terining o‘lik qismlari va u yerdagi bakteriyalarni ham birga oladi.

Foto: Pixabay
  1. Oyoq kiyim

O‘zgalarning shippaklari ham xavfli. Odam oyog‘ining tovon qismi bilan doimiy aloqada bo‘lib, ko‘plab mikroorganizmlarning uyiga aylanadi (turli zamburug‘lar, ichak tayoqchasi, tillarang stafilokokk). Natija ichak yoki zamburug‘li infeksiya bo‘lib, organizmga kichik yara va yuvilmagan qo‘llar orqali o‘tishi mumkin.

  1. Manikyur anjomlari

Agar manikyurni salonda qilsangiz, barcha pinset, qaychilar va boshqa buyumlar zararsizlantirilishini albatta kuzating.

Ustadan u mikroblarga qarshi qanday kurashishini so‘rang. Infraqizil sterilizator to‘g‘ri kelmaydi – glasperlen (yoki quruq issiq javonlisi) kerak. Faqat shu holatdagina bakteriyalar yo‘qotiladi, aks holda gepatit yoki OIV bilan zararlanish ehtimoli mavjud bo‘ladi.

Eng xavfsiz variant – bir marta foydalaniladigan anjomlar. Bu go‘zallik ustasi tomonidan foydalaniladigan qosh uchun pinsetlarga ham tegishli.

Foto: Pixabay
  1. Telefon va klaviatura

Hamkasbning kompyuteridan klaviatura hamda sichqonchadan foydalangan holda xat yuborish yoki turmush o‘rtog‘ingizning telefonidan qo‘ng‘iroq qilish? Rahmat, ammo yo‘q.

Tadqiqotlar ish joylari va telefonlari hojatxona o‘rindig‘idan ham iflosroq ekanini ko‘rsatadi. Shubhalanyapsizmi? Shaxsiy gadjetingizni so‘nggi marta qachon antibakterial salfetkada artganingizni eslab ko‘ring.

  1. Sport zaliga tegishli buyumlar

Sport bilan shug‘ullanish vaqtida odamlar terlaydi, ter esa mikroblar yaxshi ko‘rgan issiq va nam muhit sanaladi. Sizdan avval foydalanilgan yoga gilamchasi yoki trenajyorda teri infeksiyasini chaqiruvchi organizmlar, zamburug‘lar va viruslar bo‘lishi mumkin (gerpes va hatto odam papillomasi virusi), bu ayniqsa oyoqyalang shug‘ullaniladigan joylarda dolzarb.

Kasalliklarni chetlab o‘tish uchun shaxsiy buyumlaringizni o‘zingiz bilan olib yurishga harakat qiling. Mashg‘ulotlardan keyin albatta dush qabul qiling, bungacha ko‘zlaringizni qo‘llaringiz bilan ishqalamang va suv butilkasining og‘iz qismiga tegmang.

Mavzuga oid
Top