10:40 / 06.04.2019
7587

O‘zbekistonda o‘simliklarni himoya qilish kunini belgilash taklif etildi

Foto: Depositphotos

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida o‘simliklarni himoya qilish kunini belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, har yili qanchadan-qancha o‘simliklar, dov-daraxtlar har xil kasalliklardan va insonlarning aralashuvidan nobud bo‘lib ketyapti. 

“Bu ahvol davom etaversa, barcha o‘simliklar yo‘qolib ketishi ehtimoli bor. Tabiatga yetkazilayotgan zararni bugun barchamiz turli qum bo‘ronlari, tabiiy ofatlar sodir bo‘layotganligida ham ko‘rishimiz mumkin. Mening o‘ylashimcha, o‘simliklarni asrash har birimizning vazifamizdir”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Shundan kelib chiqib, o‘simliklarni himoya qilish kunini belgilash taklif qilingan.

Bildirilishicha, agarda o‘simliklarni himoya qilish kunini qonun bilan belgilab, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilsa, tabiatga g‘amxo‘rlik choralari oshirilsa, respublikadagi o‘simliklar olamini ozmi-ko‘pmi himoya qilishga hissa qo‘shiladi.

“Unutmang, o‘simliklar va dov-daraxtlar hayotimiz manbaidir”, - deyiladi petitsiyada.

Top