19:08 / 06.04.2019
8936

Superliga. «Bunyodkor» vodiyda «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Foto: "Navbahor" FK

Superliganing 3-turi doirasida Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tgan «Navbahor»–«Bunyodkor» uchrashuvi toshkentliklarning g‘alabasi bilan yakun topdi.

O‘yinning 5-daqiqasida Jasurbek Jaloliddinov tezkor gol bilan «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Xurshid G‘iyosov penaltidan to‘p kiritib, jamoasining tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l olishini ta'minladi.

Ammo namanganliklar ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab Aleksandr Kasyan penaltidan, so‘ng Abbos G‘ulomov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. Hisob tenglashganidan 4 daqiqa o‘tib Xurshid G‘iyosov ikkinchi marta penaltidan gol urgan bo‘lsa, oradan yana 4 daqiqa o‘tgach, endi Aleksandr Kasyan ikkinchi penaltisida xatoga yo‘l qo‘ydi – Zuhurov to‘pni qaytardi.

Shu tariqa, 4ta penalti belgilangan o‘yinda «Bunyodkor»ning qo‘li baland keldi. Bu – «g‘aldirg‘ochlar»ning Superliga yangi mavsumidagi ilk ochkolaridir. «Navbahor» esa dastlabki uchta turda bir ochko to‘plashga erishdi.

Superliga-2019, 3-tur
NAVBAHOR – BUNYoDKOR – 2:3 (0:2)
6 aprel. Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni. 7242 tomoshabin
Gollar: Aleksandr Kasyan (64-pen.), Abbos G‘ulomov (79) – Jasurbek Jaloliddinov (5), Xurshid G‘iyosov (37-pen., 83-pen.)
Amalga oshirilmagan penalti: Aleksandr Kasyan (87, darvozabon)
Navbahor: 23.Dilshod Hamroyev, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O‘runov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Shahzod Shaymanov (Bahodir Nasimov, 54), 9.Ivan Solovyov (30.Abdujamol Isroilov, 46), 11.Aleksandr Kasyan, 19.Mirzohid G‘ofurov, 32.Jahongir Mehmonov (s), 55.G‘iyosjon Komilov, 90.Zafar To‘rayev (70. Abbosxon G‘ulomov, 38).
Bunyodkor: 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Sergey Proxorov, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 8.Jasurbek Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 55), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov (27.Abubakir Mo‘ydinov), 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev (5.Boburbek Farhodov, 90+1).
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Ogohlantirishlar: To‘rayev (11) Ahmedov (19), Lukich (32) O‘runov (49), Isroilov (61) – Proxorov (7), 

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top