12:32 / 06.04.2019
21510

Tishkavlagich ayol kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: Depositphotos

Portugaliyada 50 yoshli ayol buterbrod iste'mol qilayotganida tasodifan yutib yuborgan tishkavlagich tufayli vafot etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ayol tomog‘ida his qilgan noqulaylik tufayli shifokorlarga murojaat qilgan. Ammo shifokorlar unda shamollash bor deb o‘ylab, antibiotiklar belgilashgan va uyiga jo‘natib yuborishgan.

Bundan tashqari, ayol psixiatrga yuborilgan, u tomoqda mavjud bo‘lgan o‘zga jism bo‘yicha hisni bartaraf etishga uringan, deya aniqlik kiritadi nashr.

Biroq, antibiotiklar berilganidan bir necha kun o‘tib, ayolni vannaxonada o‘lik holda topishgan. Uning kiyimida qon izlari, boshida esa bir nechta jarohatlar bo‘lgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, dastlab uning eridan gumon qilishgan. Ammo, murdani yorib ko‘rish jarayonida ayolning tomog‘ida tishkavlagich borligi aniqlandi. Patologoanatomlar so‘ziga ko‘ra, tishkavlagich ayolning tomog‘ida ikkita teshik hosil qilgan, buning oqibatida unda yallig‘lanish boshlangan, bu yurak ishiga ta'sir ko‘rsatgan.

Mavzuga oid
Top