8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:26 / 08.04.2019 4289

AQSh Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusini terrorchilik tashkilotlari qatoriga kiritdi

Foto: REUTERS / Carlos Barria

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishini ma'lum qildi. 

“Bugun men rasman ma'muriyatimning Erondagi Islom inqilobi soqchilari korpusi (IICK), jumladan “Quds” kuchlarining xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishini e'lon qilaman”, deb aytilgan Trampning yozma bayonotida.   

IICKning terrorchilik tashkiloti deb tan olinishi misli ko‘rilmagan qadam bo‘lib, AQSh avval bunday hukmni xorijiy davlat qurolli tuzilmalariga nisbatan chiqarmagan.

“Davlat departamenti rahbariyati tomonidan ko‘rilgan bu qadam haqiqatni tan oladi. Nafaqat Eron terrorchilikni qo‘llab-quvvatlovchi homiy-davlat hisoblanadi, balki IICK ham terrorchilikda faol ishtirok etadi, uni davlat siyosati vositasi sifatida moliyalashtiradi va ilgari suradi. IISK Eron hukumati o‘zining global terror kampaniyasini yo‘naltirib va amalga oshirib qo‘llaydigan asosiy vositadir”, deb aytgan Tramp. 

Shuningdek, Tramp Eronga terrorchilikni qo‘llab-quvvatlayotgani sababli moliyaviy bosim davom ettirilishini aytgan.

“Bu qadamlar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash jiddiy oqibatlarga egaligi borasida Tehronga yaqqol signaldir. Biz Eron terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni bas qilmaguncha unga qarshi moliyaviy bosimni oshirishni va u bu noqonuniy faoliyat uchun to‘layotgan haqni oshirishni davom ettiramiz”, deb aytgan Tramp.

O‘z navbatida, Eronda bunga javoban AQSh qurolli kuchlarini terrorchilik tashkilotlari qatoriga kiritish taklif qilingan. 

Teglar

Top