08:26 / 08.04.2019
7984

Bortida 317 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Tayvanda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: Wikipedia

8 aprelda Hongkongning Cathay Dragon aviakompaniyasi samolyoti dvigateli tutashi sababli Tayvanda favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda orolning markaziy axborot agentligi xabar berdi

Bortida 317 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Tayvanning Gaosyun shahridan Hongkongga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay uning o‘ng dvigateli tutayotgani aniqlangan. Samolyot dengiz ustida yonilg‘ini to‘kib yuborib, yarim soatdan keyin jo‘nash aeroportiga qaytgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga qushlar bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top