08:45 / 08.04.2019
12073

NATOning sobiq rahbari Zelenskiyga dunyo yetakchilari bilan aloqa o‘rnatishda yordam berish istagini bildirdi

Foto: Global Look Press

NATOning sobiq rahbari Anders Fog Rasmussen Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiyga jahon hamjamiyati yetakchilari bilan aloqa o‘rnatishda yordam berish istagini bildirdi. Uning bu haqdagi bayonoti Zelenskiyning Yalta Yevropa strategiyasi boshqaruvi bilan uchrashuvi ortida yangradi. 

“Yangi saylangan prezidentga Yevropa Ittifoqi, Bryussel, Berlin, Parij va Vashington bilan iloji boricha tezroq norasmiy aloqa o‘rnatish muhimdir”, deb aytgan Rasmussen.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv vaqtida Zelenskiy uning jamoasi muhim lavozimlarga nomzodlarni belgilab olgani va ularning ismlarini saylovlarning 2-bosqichigacha aytishga umid qilishini ma'lum qilgan.  

Saylovlarning 2-bosqichi 21 aprelga belgilangan.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Top