12:37 / 08.04.2019
10859

Toshkent viloyatida 2 kilogramm gashish olib ketayotgan shaxslar ushlandi

2019 yil 31 mart kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Uning natijasida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida yashovchi 31 yoshli A.A. va Hoji Qozi Rojiy ko‘chasida yashovchi 28 yoshli R.G‘. Ohangaron shahar “Navbahor”mahallasi hududida joylashgan “Majnuntol” oshxonasi oldida o‘zi bilan 2 kg. 8,73 gr. “gashish” giyohvandlik vositasini olib ketayotganida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top