08:08 / 08.04.2019
5652

Tramp Meksika bilan chegarani yopib qo‘yish haqida tahdid qildi

Foto: Leah Millis / Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, Vashington boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa, Meksika bilan chegarani yopib qo‘yadi.

«Meksika barcha noqonuniy muhojirlarni ushlab turishi va ularga Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deb yozgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar chegarani yopishga yoki Meksikaga qarshi bojlar joriy etishga tayyor.

Shuningdek, u kongressdagi demokratlar AQSh chegaralari xavfsizligi masalasini hal etishda yordam berishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Bundan oldin, Meksika AQShga ketayotgan muhojirlar karvonlarini ushlab turishdan bosh tortgandi.

Top