8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:12 / 09.04.2019 55022

Video: Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro ko‘chalarini suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida ko‘plab ko‘chalarda suv to‘planib qolgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Hududda 8 aprel kuni boshlangan yomg‘ir bugun, 9 aprel kuni ham davom etmoqda. 

Suratlarda ko‘rinib turibdiki, ayrim yo‘llar, aholi yashovchi uylar oldi butunlay suvga to‘lib, avtomobillar harakati to‘xtab qolgan.

Bunday holat Buxoroda o‘tgan yili ham kuzatilgan, ayrim tarixiy obidalar suvga bo‘kkani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqalgandi.

Foto: Bukhara Info
Foto: Bukhara Info

O‘zbekistonda aprel oyida ko‘p yomg‘ir yog‘moqda va buning oqibatida shu vaqtga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida suv toshqinlari va sellar kuzatilmoqda.

Top