17:10 / 10.04.2019
38333
Reklama

“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan Namangan viloyati Norin tumanida mototsikl, trisikl, skuter va velosipedlar ishlab chiqarilishi to‘liq hajmda yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi investitsion dasturi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshchiligida Namangan viloyat Norin tumanida joylashgan “Norin moto bike” MChJ qoshida mototsikl, trisikl, skuter va velosiped ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan edi hamda uni 2019 yil noyabr oyiga qadar to‘liq yakunlanishi ko‘zda tutilgan edi.

“O‘zavtosanoat” AJning sa'y-harakatlari bilan ushbu loyiha muddatidan avval to‘liq ishga tushirildi hamda joriy yilning 28 fevralidan boshlab velosipedlar ishlab chiqarilishi, 10 aprel sanasidan boshlab esa mototsikl, trisikl va skuterlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda korxonada 70 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Kelgusida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun kerak bo‘ladigan butlovchi qismlarning 50%ga yaqinini o‘zimizda mahalliylashtirish yo‘lga qo‘yilgach jami, 150 nafar xodim uchun ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar korxona tomonidan tayyor mahsulotlarni qo‘shni mamlakatlarga ham eksport qilish maqsad qilib olingan.

“Norin moto bike” MChJ viloyatlardagi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiradi.

Murojaat uchun telefon: +99891 3529709, +99890 1428585

“O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top