22:46 / 10.04.2019
30411

O‘zbekistonda yana bir xorijiy universitet ochildi

O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ma'lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish maqsadida Andijon viloyatida Sharda universiteti tashkil etildi, deya xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati. 

Universitetda o‘quv jarayonlari Sharda universiteti (Hindiston) o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi. 

Sharda universitetidagi o‘quv jarayoni  2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi. 

Universitetda quyidagi va talab yuqori bo‘lgan ta'limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi:

- elektr muhandisligi;
- axborot texnologiyalari va kiber xavfsizlik;
- kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish;
- elektronika;
- kommunikatsiya muhandisligi;
 - biznes-menejment.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Top