11:40 / 10.04.2019
8879

Son Xyon Min YeChLda 10 ta gol urgan Maksim Shatskixdan keyingi ikkinchi osiyolik futbolchi bo‘ldi

Foto: Getty Images

«Tottenhem» hujumchisi Son Xyon Min UYeFA Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (1:0) jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Shu kuni Chempionlar Ligasida 50-o‘yinini o‘tkazgan janubiy koreyalik futbolchi ko‘hna qit'aning eng yirik musobaqasida 10-golini urdi.

Son osiyolik futbolchilar ichida UYeFA Chempionlar Ligasida 10 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Oldinroq bunday natijani osiyolik futbolchilar ichida faqat o‘zbekistonlik Maksim Shatskix qayd etgan. O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanuvchi Shatskix «Dinamo» Kiyev safida YeChL bahslarida 11 ta gol urgan.

Shatskix Chempionlar Ligasida «Real» (2 ta), «Yuventus», «Nyukasl» (2 ta), «Arsenal», «Roma», «Lokomotiv» kabi jamoalar darvozasiga gol urgan.

Foto: Denis Doyle/Getty Images
Top