18:11 / 11.04.2019
42397

Ohangaronda mudhish YTH: 2 nafar 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

Bugun, 11 aprel kuni soat 11:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyatida yashovchi G‘.M. “Neksiya” rusumli avtoulovni Namangan viloyatidan Toshkent shahri tomonga boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanayotib ketayotgan haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida yashovchi N.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtoulovining orqa yon qismiga borib urilgan. 

Natijada, oldinda harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomobili haydovchisi, Toshkent viloyatida ro‘yxatda turuvchi N.A. rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismini ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida temir to‘siqqa borib urilgan “Neksiya” avtomobili yo‘lovchilari - 2000 yilda tug‘ilgan A.O. va 2000 yilda tug‘ilgan M.U. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Top