09:11 / 12.04.2019
12415

Namanganda qurilish mollari do‘koni yonib ketdi

2019 yilning 11 aprel kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Jar” MFYda joylashgan xususiy tadbirkor M.Yu.ga tegishli qurilish mollari savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipajining tezkor harakatlari natijasida yong‘indan do‘konning 100 kv.metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Hodisa oqibatida do‘kon binosining 70 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichidagi qurilish mollari yonib zararlangan. 

Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top