18:03 / 13.04.2019
74242

Chingiz Aytmatov Islom Karimov haqida nima degandi?

Karimov Fondi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti haqida avval ko‘pchilik bilmagan ma'lumotlarni e'lon qilib kelmoqda. 

Kuni kecha Fond Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning Islom Karimov haqida aytgan so‘zlarini e'lon qildi.

Foto: Facebook/Karimov Foundation

«O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovdek kishi haqida davrdan, boshqacha aytganda, hozirgi zamon manzarasini tashkil etib turgan dolzarb muammolar va bo‘hronli holatlardan ayri holda fikr yuritib bo‘lmaydi.

...Islom Karimov mana shu ekstremal davrning yetakchisi. Uning tutgan o‘rni ham, u orttirgan tajribaning qimmatliligi ham mana shunda. «Qayta qurish»dan keyingi davrda yuzaga kelgan notinch, olag‘ovur zamonda u O‘zbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonch muhitini paydo qila oldi, xalqi oldiga millatning o‘zligi va qadr-qimmatini anglatishga undovchi ulkan maqsad va vazifalar qo‘ya bildi», - degan Chingiz Aytmatov. 

Bundan oldin, Islom Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati taqdim etilgandi. Unda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub «Kassandra tamg‘asi», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Oq kema» va boshqalar asarlar bor. 

Top