07:27 / 13.04.2019
22915
IIBB: Beruniy ko‘chasida yosh bolani urib yuborgan haydovchi qo‘lga olindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

12 aprel kuni soat 20.50 dan 21.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasidagi aviakassa qarshisida “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi 5 yoshli bolani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. 

IIBB xabariga ko‘ra, bola shifoxonada jon bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bola uyidan ruxsatsiz chiqib, serqatnov yo‘lni mustaqil kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Haydovchi qo‘lga olinib, u – 27 yoshli I.I. ekanligi ma'lum bo‘ldi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng u o‘z avtomobilini Ko‘kcha masjidi yaqinidagi mahallada qoldirib, yashirinishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Top