23:59 / 15.04.2019
29945

Dunyodagi eng baland binoga chaqmoq urishi videoda muhrlandi

Foto: pixabay

Dubay valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maqtum dunyodagi eng baland bino Burj Xalifaning uchiga chaqmoq urishi videosi bilan bo‘lishdi. 

15 soniyali rolikda sekinlashtirilgan rejimda chaqmoqning binoning shpiliga urilishi namoyish qilingan. 

Bino Dubayda joylashgan bo‘lib, balandligi 828 metrni tashkil qiladi. Uning shakli stalagmitni eslatib, shpili chaqmoq qaytargich vazifasini bajaradi.

Top