20:11 / 15.04.2019
8006

Hindiston o‘z qanotli raketasini sinovdan o‘tkazdi 

Hindiston uzoq masofalarga mo‘ljallangan qanotli raketasi Nirbhay’ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Raketa Orissa shtatidagi Chandipur poligonidan otilgan.

PTI axborot agentligining ma'lum qilishicha, 100 metr balandlikda 0,7 Max tezlik bilan ucha oladigan raketa 42 daqiqa 23 soniyadan keyin nishonga tekkan. 

Raketa parvozi yerdagi radarlar yordamida kuzatib borilgan. 

Ta'kidlanishicha, Nirbhay’ning oxirgi muvaffaqiyatli sinovlari 2017 yil noyabrda o‘tkazilgan. Shuningdek, 1,5 tonnalik raketa 1500 kmgacha uzoqlikdagi nishonlarni ura olishi va yadro zaryadi tashiy olishi ma'lum qilingan.  

Top