8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

07:31 / 15.04.2019 8792

Kim Chen In Rossiyaga aprel oxirida kelishi mumkinligi ma'lum qilindi    

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi keyingi haftadayoq amalga oshishi mumkin. Bu haqda Yonhap axborot agentligi Moskvadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 

“Kim Chen Inning Rossiyaga safari aprel oxirida o‘tishi ehtimoli ancha yuqori”, deyilgan xabarda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya-Shimoliy Koreya sammiti Vladivostokda o‘tishi mumkin.

Yonhap’ning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 aprelda Xitoyda “Bir kamar, bir yo‘l” forumida ishtirok etadi. Ta'kidlanishicha, Putinning Kim Chen In bilan uchrashuvi ushbu forumdan 1-2 kun oldin yoki bevosita undan keyin yuz berishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi o‘rinbosari Kim Chxan Son 19-25 mart kunlari Moskvaga va Vladivostokka tashrif buyurgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, Kim Chen In yordamchisining ushbu tashrifi Shimoliy Koreya yetakchisining Rossiyaga safariga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Top