09:40 / 17.04.2019
5725

Arzon narxda uy olib beraman degan firibgar ayol qo‘lga olindi - IIV

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 14 aprel kuni tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yil 2 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi 65 yoshli S.Z. ismli ayol Uchtepa tumanida yashovchi 60 yoshli U.B. ismli ayolga arzon narxda 3-xonali uy olib berishini va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 3 600 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Qo‘rilgan choralar natijasida S.Z. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top