13:32 / 17.04.2019
5159

Xalqaro obligatsiyalardan tushgan pullar budjet taqchilligini qoplashga sarflanmaydi 

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalardan tushgan 1 milliard dollarni 2019 yil paydo bo‘lgan davlat budjeti taqchilligini qoplashga sarflamaydi, deb bayonot berdi Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov. 

Moliya vaziri o‘rinbosarining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ushbu mablag‘lar ma'lum sohalarga yo‘naltirilsa, bu budjet xarajatiga aylanib, xarajatlar yana budjet taqchilligiga sabab bo‘ladi. 

«Shunday mantiqdan kelib chiqib, xalqaro obligatsiyalardan tushgan pullar budjet taqchilligini yopish uchun ishlatilmaydi. Pullar, asosan, banklarga depozit sifatida ajratiladi», —  deydi Isoqov. 

2019 yil fevral oyida O‘zbekistonning 1 milliard dollarga teng 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozoriga joylashtirilgandi. 

O‘zbekiston hukumati, avval, obligatsiyalar daromadliligini 5,3-6 foiz miqdorda belgiladi. Shunga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqish va moliya bozorida talab yuqori bo‘lgani tufayli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqildi va 4,75-5,3 foiz etib belgilandi. 

O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalaridan tushayotgan pullar mamlakatga yotqizilayotgan bilvosita sarmoya hisoblanadi. Obligatsiyalarni sotib olgan investorlarning ko‘pchiligi AQSh va Buyuk Britaniyada faoliyat olib borishadi.

Mavzuga oid
Top