12:17 / 17.04.2019
7446

Yo‘lovchining 3 000 dollarini o‘g‘irlagan haydovchi ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 2019 yil 13 aprel kuni Samarqand shahar Sattepo maskanida yashovchi B.I. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtomashinani Bog‘yop mahalla hududiga haydab kelib, to‘xtagan vaqtida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi A.A. avtomashinadan tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shunda haydovchi uning sumkasidan 3 010 AQSh dollari va 350 Xitoy yuanini o‘g‘irlab olganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top