08:00 / 19.04.2019
33765

O‘zbekistonliklar «inomarka»larga 106 mln dollar sarflashdi

Foto: KUN.UZ

Yilning dastlabki uch oyi davomida yengil avtomobillar importi 100 mln dollardan oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Yanvar-mart oylarida mamlakatga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun: 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi. Bu davrda yuk avtomobillar importi faqatgina 51,6 foizga oshdi.

Chet el avtomobillari importining o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Bundan oldin, oltin O‘zbekistonning asosiy eksportiga aylangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top