14:08 / 19.04.2019
21699

«Toshkent-Termiz» yo‘lida YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto/KUN.UZ

Joriy yilning 18 aprelida Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lida avtotransport hodisasi sodir etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi xabar berdi.

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani “Oqqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro A.R. “Damas” rusumli avtoulovini Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan, Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Talliyulug‘ qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug‘ilgan O.L. boshqaruvidagi yuk tashuvchi avtomashina orqa qismiga urib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Damas” haydovchisi A.R. va yo‘lovchi Surxondaryo viloyati, Muzrobod tumani Mehrigiyo mahallasida yashovchi B.A. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top