09:42 / 19.04.2019
34223

Tungi Buxorodagi eskirmas Eski shahar Kun.uz nigohida (fotogalereya)

Yurtimizda turistik mavsum boshlandi. Ayniqsa tarixiy shaharlarda. Buxoroda boshqa shaharlarga qaraganda sayyohlar ko‘p desak, ishonavering. Samarqandda dam olish kunlar «oyoq qo‘yadigan joy bo‘lmasligi» rost, lekin Samarqandga boradiganlarning ko‘pchiligi o‘zimizning sayohatchilar.

Buxoroda esa boshqa mamlakatdan kelgan sayyohlar juda ko‘p. Buni shahar vokzaliga kelishingiz bilan sezasiz. Chunki Buxoro chinakamiga qadimiyligini saqlab qolgan go‘zal shahar. Ayniqsa Eski shahar qismi. Bu yerdagi tor ko‘chalarda deyarli odam yashaydigan uylarni ko‘rmaysiz, har yerda kichik-kichik mehmonxonalar.

Eski shahardagi ko‘chalar ham tarixiyligini saqlab qolgan. Shahar ayniqsa kechasi chiroyli bo‘ladi. Tun yarmidan og‘ganda sukunat bag‘riga cho‘mgan Buxoroning bejirimgina Eski shahrini kezdik. Afsus, kamera inson ko‘zi anglagan go‘zallikni aynan yetkazib bera olmaydi, lekin imkon boricha Eski shaharning eskirmaydigan ko‘rinishini kadrga muhrlashga intildik. Quyida o‘sha suratlarimizning ba'zilarini sizga-da ilinamiz...

O‘sha mashhur hovuz

Bu eshakcha va uning sohibini ham tanidingiz...

Tarix va kelajak birlashganda
Tor ko‘chalarning hammasi mehmonxonalarga to‘la

Velosiped haydamoqchi bo‘lsangiz, siz uchun maxsus yo‘lakcha bor

Ishoning, bu ham mehmonxona
Buxoroda hatto poyafzal tuzatish ustaxonalariga ham inglizcha yoziladi.
Ha nima, ko‘p yurgandan keyin turistning «chet eldan keltirilgan» oyoq kiyimi ham yirtiladi-da, to‘g‘rimi?
Top