20:27 / 21.04.2019
6759

«Hamdo‘stlik qalqoni-2019» ishtirokchilari mashg‘ulotlar rejasini kelishib olishdi

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi

Bugun, 21 aprel kuni «Forish» tog‘ dala poligonida «Hamdo‘stlik qalqoni—2019» hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun 20 aprel kuni kelgan Turkiya hamda Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiy delegatsiyasi rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilish davomida 22—27 aprel kunlari «Forish» poligonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasi, harbiy xizmatchilarning kun tartibi va maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkaziladigan joylar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida bu yerda yaratilgan sharoitlar tomonlarni to‘liq qondirayotgani sabab o‘quv rejasiga o‘zgartirish kiritmaslikka kelishib olindi. 

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi

Shundan so‘ng mehmonlarga «Forish» poligoni hamda undagi obektlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yakunlangach, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. O‘zbekistonlik harbiy san'atkorlar tomonidan pokiston va turk tilida kuylangan diltortar qo‘shiqlar mehmonlarni xushnud etdi.

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ertaga, 22 aprel kuni «Hamdo‘stlik qalqoni—2019» hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
Mavzuga oid
Top