14:50 / 21.04.2019
17645

Osiyo chempionati. O‘zbekistonlik ikki bokschi chorak finalga chiqdi

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidan o‘rin olgan uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.

-69 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Baturov bugun turnirdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. U eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiriga qarshi ringga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bu g‘alaba Bobo-Usmon Baturovga chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi.

Baturov turnirdagi ishtirokini 19 aprel kuni boshlagan va dastlabki jangida mo‘g‘ulistonlik Bayarku Ganbaatarni nokautga uchratgandi.

Bugun kunduzgi dasturda -81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ham dastlabki jangini o‘tkazdi.

U hindistonlik Brijyesh Yadavga qarshi bahs olib bordi ishonchli g‘alabaga erishib chorak finalga yo‘l oldi. Ro‘zmetovning yarim final yo‘lidagi raqibi qozog‘istonlik Bek Nurmaganbet bo‘ladi.

 

Top