00:30 / 21.04.2019
6879

WannaCry virusi tarqalishini to‘xtatgan britaniyalik ekspert boshqa bir virusni tarqatganligiga iqror bo‘ldi

2017 yilda WannaCry global virusi tarqalishini to‘xtatgan britaniyalik kompyuter eksperti Markus Xatchins Kronos virusini yaratgani va tarqatganligiga iqror bo‘ldi, deb xabar berdi TechCrunch nashri.

Nashrning yozishicha, Xatchinsning aybiga iqrornomasi Viskonsin g‘arbiy okrugi sudiga topshirilgan. U ilgari o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarning ikkitasiga iqror bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, u 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xatchins qilgan ishi uchun pushaymonligini va xatolari uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishini bildirgan.

2017 yilda WannaCry virusi dunyoning 150 mamlakatidagi 200 mingdan ortiq foydalanuvchining kompyuteriga zarar yetkazgandi. Markus Xatchins ushbu virusga qarshi "davo" topgan.

2017 yil iyulida AQSh Federal qidiruv byurosi Xatchinsni Kronos virusini tarqatishda ayblab hibsga olgandi. 2018 yilda unga nisbatan zararli dasturlar yaratish va FQBga yolg‘on ko‘rsatma berish ayblovlari qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top