09:40 / 22.04.2019
16386

Mbappe «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Foto: REUTERS

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Men Parijda qolaman. Yana aytmoqchimanki, «Real»ga Zidan qaytganidan xursandman. Bu klubni muxlis sifatida kuzatib boraman», – dedi Mbappe Canal+ efirida.

Qayd etish joiz, Kilian bu mavsum barcha musobaqalar doirasida 40ta o‘yin o‘tkazib, ularda 36ta gol va 17ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning parijliklar bilan bitimi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Top