22:21 / 23.04.2019
8154

JARda kuchli yomg‘irlar oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasi sharqidagi Kvazulu-Natal viloyatida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan ko‘chkilar va uylar qulashi 32 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.  

Ma'lum qilinishicha, 23 kishi Durban shahrida halok bo‘lgan. eNCA telekanalining ta'kidlashicha, jabrlanganlar va bedarak yo‘qolganlarning aniq soni hozircha noma'lum. Viloyatda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. 

Tabiiy ofat yo‘llarning yuvilib ketishi va suv ostida qolishiga, infratuzilmaga talofat yetishiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top