00:18 / 23.04.2019
36895

Putin va Kim Chen In uchrashuvi sanasi va joyi ma'lum qilindi  

Foto: REUTERS

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 25 aprelda Vladivostokdagi Russkiy orolida joylashgan Uzoq Sharq federal universiteti hududida uchrashadi. Bu haqda bir qator manbalarga iqtibos keltirgan holda “Kommersant'” nashri xabar berdi

Putin uchrashuv o‘tadigan kun kechasi Xitoyga “Bir kamar, bir yo‘l” sammitida ishtirok etgani jo‘nab ketadi. Kim Vladivostokda bir kun qolib, 26 aprelda uning otasi, Shimoliy Koreyaning marhum yetakchisi Kim Chen Ir 2002 yilda yurgan yo‘nalish bo‘yicha yo‘lga tushadi. 

Ta'kidlanishicha, federal universitetdagi kampus uchrashuv joyi sifatida Shimoliy Koreya tomonidan tanlangan. Pxenyanda xavfsizlik talablari sababli shu variant ma'qul topilgan.

Ta'kidlash joiz, ushbu tashrif Kim Chen Inning Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. Uning otasi Rossiyada 3 marta bo‘lgan. Bunday tashriflardan oxirgisi 2011 yilda bo‘lib o‘tgan.

Top