08:02 / 23.04.2019
23200

Qarshi instituti dekani poraxo‘rlikda ayblanmoqda

Foto: 123RF

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X.A. 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.ni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSh dollari talab qilib, jami 400 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top